🔒 MAXFIYLIK SIYOSATI (MiyoAI)
1. Nimalarni yig'amiz: Telegram ID va ismingiz, yuklagan rasm va videolaringiz, matn/tavsif/promptlar, buyurtmalar tarixi va generatsiya ma'lumotlari; qo'llab-quvvatlashga murojaat qilsangiz — o'zingiz ulashgan telefon raqami.
2. Nima uchun: video va rasm yasash, moderatsiya (xavfsizlik), qo'llab-quvvatlash va nizolarni hal qilish uchun.
3. Uchinchi tomonlar. Kontent yaratish uchun so'rovlar, rasm va videolar AI xizmatlariga (Google Gemini API kabi va/yoki boshqa xalqaro provayderlar) yuboriladi va ularning serverlarida qayta ishlanadi. To'lovlar to'lov tizimlari (Payme, Click va boshqalar) orqali amalga oshiriladi; karta ma'lumotlari MiyoAI'da saqlanmaydi.
4. Saqlash muddati. Tayyor video fayllar serverda vaqtincha saqlanadi va o'chiriladi (odatda 24–48 soatda). Promptlar va moderatsiya yozuvlari xavfsizlik va nizolar uchun uzoqroq saqlanishi mumkin.
5. Huquqlaringiz. Ma'lumotlaringiz haqida so'rashingiz yoki o'chirishni talab qilishingiz mumkin (qonuniy saqlash majburiyatlari bundan mustasno). Ma'lumotlar vakolatli organlarga faqat ularning qonuniy rasmiy so'roviga ko'ra beriladi.
6. Xavfsizlik. Ma'lumotlarni himoya qilishga harakat qilamiz, lekin 100% xavfsizlik kafolatlanmaydi.
7. Aloqa: @miyoai_support